O'zbekistonda ko'chmas mulk

Mashhur e'lonlar

Sotish:
Ijara:

Servis haqida

Realt24.uz — bu Oʻzbekistondagi turar-joy va tijoriy koʻchmas mulk boʻyicha barcha kerakli ma’lumotlarni topishga ixtisoslashtirilgan portaldir. Bizning portalda Toshkent va Oʻzbekistonning boshqa shaharlarida kvartira, uy, ofis, omborxona, kovorking va boshqa koʻchmas mulk obyektlarini sotish va ijaraga berish boʻyicha takliflar jamlangan. Strukturalashtirilgan izlash va zarur xarakteristikaga ega e’lonlarni tanlash tizimi tufayli siz sichqoncha tugmasini bir necha bosishingiz orqali ideal variantni topishingizda yordam beramiz. “Saralanganlar” roʻyxatiga e’lonlarlarni qoʻshish orqali esa oʻzingizga yoqqan obyektlarni kuzatishingiz va narxlar oʻzgarishi haqida xabarlar olishingiz mumkin.

Maqolalar

Metro oldidagi kvartiralar

O'zbekistonda ko'chmas mulkni sotib olish

O'zbekistonda ko'chmas mulkni ijaraga olish

Kunlik

Kovorking

O'zbekiston shaharlaridagi ko'chmas mulk

Realt24.uz – O‘zbekistonda ko'chmas mulk izlash bo'yicha rasmiy sayt

Bizning sayt — Toshkent ko‘chmas mulki bozori bo‘yicha eng to‘liq Bizning sayt — Toshkent ko‘chmas mulki bozori bo‘yicha eng to‘liq. Siz, endi turli saytlardan tarqoq holdagi e‘lonlarni izlashingizga, agentliklar idoralariga borib vaqtingizni behuda sarflashingizga hojat bo‘lmaydi, chunki Realt24.uz O‘zbekistondagi barcha muhim va dolzarb e’lonlarni o‘zida jamlagan.

Barcha takliflarni birma-bir ko‘rib chiqmaslik uchun qulay filtrdan foydalaning yoki alohida kategoriyalarni ko'ring.

Uy-joyni sotish yoki ijarachilarni topish kerakmi — o‘z takliflaringizni e’lon qiilng. Bu mutlaqo bepul.

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozorining o‘ziga xos xususiyatlari

O‘zbekiston poytaxti o‘zining kontrast rangli binolari bilan ajralib turadi. Demak, bu yerda har kim o‘ziga yoqqan taklifni topishi mumkin. Byudjetli kvartirani sotib olishni istaganlar namunali ko‘p qavatli panel binolardagi variantlarni ko‘rib chiqishlari kerak.

Bolali oilalar va keksa yoshdagi insonlarga xususiy uyda yoki taunxausda yashash qulay bo‘ladi. Bir yoki ikki qavatli binolar bilan to’la kichik ko‘chalar ko‘pincha markazgacha tutashib ketadi. Shu sababli infratuzilmani rivojlanganligi haqida havotir olmaslik kerak. Shu bilan birga, siz xususiy uyda yashashning barcha afzalliklarini his qilasiz: alohida kirish joyi va shaxsiy avtoturargohingiz mavjudligi, suzish havzasini o‘rnatish va Toshkentning uzoq yozini uzum soyasi tagida o‘tkazishni.

Megapolis jo‘shqinlik bilan kengayib bormoqda, chekka joylar va markazda yangi turar-joy majmualari paydo bo‘lyapti. Usnbu inshootlar aholining xavfsizligini ta’minlaydigan, zilzilaga chidamli zamonaviy qurilish texnologiyalaridan foydalangan holda barpo etilgan.

Aholining urbanizatsiyasiga javoban esa Toshkent shahrida tijoriy ko‘chmas mulk bozori ham jadal rivojlanib bormoqda. Shaharda birin-ketin savdo va biznes markazlari paydo bo‘lib, ular bilan bir qatorda turar va noturar maydonlarni sotib olish yoki ijaraga berish bo‘yicha takliflar ham oshib boryapti. Shaharning chekka qismlarida biznes uchun turar-joylarning birinchi qavatlaridan kvartiralarni sotib olish osonroq, bundan tashqari, bu yerlarda savdoni tashkil etish uchun mumkin bo‘lgan eski pavilyonlar va do‘konlar saqlanib qolgan.

Toshkent va Oʻzbekistonning boshqa shaharlari koʻchmas mulklarini Realt24.uz da izlash

Mavjud bo‘lgan ko‘chmas mulkni izlash saytlarida o‘zinig dolzarbligini yo‘qatgan e’lonlar yoki bitta agentlikdan soni juda ham cheklangan takliflarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun, biz O‘zbekistonning barcha dolzarb takliflarini jamlaydigan portal yaratishni oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.

Realt24.uz platformasida har bir foydalanuvchi bir necha daqiqada o‘zi uchun bir nechta mos variantlarni topib, obyekt haqida to‘liq ma’lumot oladi, bular:

  • joylashagan manzili;
  • binoning sanasi va turi;
  • kvadrat maydoni;
  • ta’mir holati;
  • qo‘shimcha xonalar va binolar mavjudligi;
  • narxi;
  • sotuvchi yoki ijaraga beruvchining aloqa uchun ma’lumotlari;
  • ko‘p hollarda tanlovni hal qiluvchi omil bo‘ladigan tasdiqlangan fotosuratlar.

Shuningdek, bizning saytimiz barchaga turar yoki noturar maydonni sotish yoki ijaraga berish haqida e’lonni bepul joylashtirish imkonini beradi.

Realt24.uz dan ko‘chmas mulk xizmatlari spektri

Biz barcha turdagi ko‘chmas mulkni sotish, sotib olish, uzoq muddatga va sutkabay ijaraga berish bo‘yicha e’lonlarni joylashtiramiz:

  • xonalar, kvartiralar, uylar, taunxauslar, kottejlar, garajlar;
  • biznes uchun maydonlar, shu jumladan ofislar, ishlab chiqarish tsexlari, mehmonxonalar;
  • kovoringlar — alohida ish joylari, kabinetlar, konferents-zallar;
  • yangi binolardagi kvartiralar, apartamentlar, penthauslar;
  • qurilish uchun yer uchastkalari.

Shuningdek, bizning platformada siz tayyor biznesni sotish bo‘yicha takliflarni topishingiz mumkin.

O‘z ofertangizni joylashtirmoqchimisiz? Kategoriyalar ro‘yxatini ko‘rib chiqing. Agar kerakli kategoriya mavjud bo‘lmasa, portalning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga xabar bering.

Nima uchun biz? Realt24.uz ning boshqa ko‘chmas mulk portallaridan muhim farqi

Biz Toshkent bo‘yicha ko‘chmas mulk izlashni sodda va qulay qildik:

  • Interaktiv xarita. Foydalanuvchilar mavjud obyektlarni ko‘rishadi va o‘zlari yoqtirgan variantlarni tezda ko‘rib chiqishlari mumkin.
  • Qulay filtr. Kerakli uy-joy parametrlarini belgilang va sizga mos kelmaydigan e’lonlarga chalg‘imang.
  • Dolzarb takliflar. Biz sotilgan yoki ijaraga berilgan obyektlarni darhol olib tashlaymiz.
  • Yangi ob’ektlar haqida xabarlar. Yangiliklarga obuna bo‘ling va siz izlagan takliflar haqida birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘ling.

Realt24.uz saytida jismoniy shaxslar, rieltorlar va quruvchi tashkilotlar e’lon joylashtirishi bepul.

Biz Toshkent shahridagi ko‘chmas mulkni oldi-sotdisi jarayonini imkon qadar soddalashtirish maqsadida foydalanuvchilarga hech qanday cheklovlar o‘rnatmaymiz.